DXX Buxoro va Qashqadaryoda yer maydonlari hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga pora olganlikda gumonlanayotgan ikki mansabdor ushlanganini ma’lum qildi. Ulardan biri 2,5 ming, ikkinchisi esa 1 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan. Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Foto: DXX videosidan kadrlar
DXX Buxoro va Qashqadaryoda yer maydonlari hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga pora olganlikda gumonlanayotgan ikki mansabdor ushlanganini ma’lum qildi. Ulardan biri 2,5 ming, ikkinchisi esa 1 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan. Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Кириллчада Kecha, 17:01 Jamiyat
Buxoro va Qashqadaryoda yer maydonlarini rasmiylashtirish evaziga pora olishda gumonlanib, ikki mansabdor ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Buxoro viloyatida Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i mahalliy fuqarodan 2,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
DXX ma’lumotiga ko‘ra, u Romitan tumani hokimligi zaxirasidagi 65 kv. m yer maydonida 2015-yilda o‘zboshimchalik bilan qurilgan savdo va xizmat ko‘rsatish binosi hamda unga tutash 35 kv. m bo‘sh yer uchastkasini fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Qashqadaryo viloyatida esa Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining Ko‘kdala tumani bo‘limi bosh mutaxassisi ushlangan.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, u 2019-yilda Chiroqchi tumani hokimi qarori bilan ajratilgan 1 sotix yer maydoni uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab, davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish evaziga 1 ming dollar talab qilgan. U talab qilingan pulni olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.
Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahri va Andijon viloyatida noqonuniy pul talab qilgan kadastr xodimi hamda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingan edi.
| # | Наименование новости | Тональность | Информативность | Дата публикации |
|---|---|---|---|---|
| 1 | O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi | 0 | 8.36 | 28-07-2026 |
| 2 | რუსეთმა საქართველოში წიწიბურას ექსპორტი გაზარდა | 0 | 5 | 13-07-2026 |
| 3 | Источник: стоимость похищенной картины Куинджи составляет около $1 млн | 0 | 0 | 27-01-2019 |
| 4 | თბილისის აეროპორტში არადეკლარირებული ოქროს მონეტების შემოტანა აღკვეთეს | 0 | 5 | 14-07-2026 |
| 5 | Дагестанские таможенники пресекли вывоз двух старинных рукописей в Турцию | 0 | 0 | 26-03-2025 |
| 6 | Мужчина пытался вывезти в Россию из Узбекистана артефакты II-I веков до н.э. | 0 | 0 | 29-08-2025 |
| 7 | Toshkent atrofida 1 mlrd dollarlik ikki qavatli pulli aylanma yo‘l qurilishi mumkin | 0 | 10.75 | 28-07-2026 |
| 8 | B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taklif etilmoqda | 0 | 5.55 | 28-07-2026 |
| 9 | СМИ: ExxonMobil обжаловала $2 млн штрафа за нарушение санкций против России | 0 | 0 | 27-08-2019 |
| 10 | Feds Ask Wash. Judge To Back Canadian's $700K FBAR Fines | 0 | 9.5 | 22-07-2026 |