Toshkentda haydovchilik guvohnomasi yo‘q 17 yoshli o‘smir ijaraga olingan mashinada xavfli manyovrlar bajardi. Video tarqalgach, YPX xodimlari unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzdi, avtomobil esa jarima maydonchasiga joylashtirildi. U bunga “shunchaki qiziquvchanlikdan” qo‘l urganini ma’lum qildi.
Foto: YHXX
Toshkentda haydovchilik guvohnomasi yo‘q 17 yoshli o‘smir ijaraga olingan mashinada xavfli manyovrlar bajardi. Video tarqalgach, YPX xodimlari unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzdi, avtomobil esa jarima maydonchasiga joylashtirildi. U bunga “shunchaki qiziquvchanlikdan” qo‘l urganini ma’lum qildi.
Toshkentda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 17 yoshli o‘smir ijaraga olingan avtomobilda xavfli manyovrlar qilgani aniqladi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt ko‘chalarida xavfli harakat tasvirlangan video tarqalgan edi. O‘smirning so‘zlariga ko‘ra, u avtomobilni ijaraga olgan va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi TTZ mavzesi tomon olib boruvchi yo‘lda xavfli manyovrlarni amalga oshirgan.
YHXX videosidan lavha.
Video e’lon qilingach, uni yo‘l-patrul xizmati xodimlari aniqlagan. O‘smirning tan olishicha, unda haydovchilik guvohnomasi ham, avtomobil hujjatlari ham bo‘lmagan.
“17 yoshman. Haydash shunchaki qiziqish bo‘lgan. Baribir, yashirinaman deb o‘ylasa ham, yuzim tushmaydi yoki mashinam raqami tushmaydi desa ham, baribir, topilar ekan bu narsa. Mening yuzim ham, mashina raqami ham tushmadi, lekin topildi mana. Oxiri, baribir, chora ko‘riladi, hammasi qonuniy”, — dedi u.
Qoidabuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128−10-moddasi (yo‘l bezoriligi / bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga yuborilgan.
Mart oyida Gazeta maktab o‘quvchisi YPX xodimini urib yuborgani va tyuning-atele egasi hibsga olinganidan so‘ng YHXX ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l bezoriligi aks etgan 107 ta videomaterialni aniqlagani, 62 ta avto jarima maydonchasiga joylashtirilgani haqida xabar bergan edi. YHQning qo‘pol ravishda buzilishi sababli yana 5919 ta avtomobil xuddi shunday holatga duch kelgan. Xavfli haydashni targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklangan.
| # | Наименование новости | Тональность | Информативность | Дата публикации |
|---|---|---|---|---|
| 1 | IIV rahbarining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va yana 29 kishiga oid ish sudda ko‘rib chiqiladi | 0 | 10.42 | 28-07-2026 |
| 2 | Toshkentda qizlarni intim xizmatlar ko‘rsatishga majburlab kelingan spa salon faoliyatiga chek qo‘yildi | 0 | 8.74 | 28-07-2026 |
| 3 | Toshkent Afg‘onistondan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish masalasini muhokama qildi | 0 | 9.78 | 28-07-2026 |
| 4 | O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi | 0 | 8.36 | 28-07-2026 |
| 5 | Kolonka. Peshtaxtami yoki bozor — Toshkent xalqaro moliya markazidan nimalar kutilyapti? | 0 | 10.32 | 28-07-2026 |
| 6 | В Челябинске за покушение на теракт взяли под стражу 17-летнего парня | 0 | 5 | 17-07-2026 |
| 7 | Подросток опрокинул машину с детьми в кювет в Омской области | -5 | 7 | 06-07-2026 |
| 8 | Водитель Toyota сбил подростков в Томске: возбуждено уголовное дело | -5 | 8 | 27-06-2026 |
| 9 | Выбросившего чемодан с останками 17-летней девушки мужчину арестовали | 0 | 5 | 30-06-2026 |