Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Kannavaro JChdagi xatolar, muammolar va yangi rejalar haqida gapirdi

Дата публикации: 05-08-2026 11:25:00

Fabio Kannavaro JChdagi xatolar, tarkib tanlovi, maoshi, jamoani yoshartirish rejasi va kuchli raqiblar bilan o‘yinlar haqida gapirdi

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260805/kannavaro-hatolar-muammolar-rejalar-59505669.html

Kannavaro JChdagi xatolar, muammolar va yangi rejalar haqida gapirdi

Kannavaro JChdagi xatolar, muammolar va yangi rejalar haqida gapirdi

Sputnik O‘zbekiston

Fabio Kannavaro JChdagi xatolar, futbolchilar tanlovi, darvozabonlar rotatsiyasi, maoshi va tanqidlarga javob berdi. U terma jamoani yoshartirish, taktikani o‘zgartirish va kuchli raqiblar bilan o‘ynash rejasini ochiqladi.

2026-08-05T16:25+0500

2026-08-05T16:25+0500

2026-08-05T16:25+0500

sport

futbol bo‘yicha jch-2026

futbol

fabio kannavaro

murabbiy

o‘zbekiston

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/05/59503973_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_5ae4147473995d89a52f18e38e2c9f17.jpg

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro O‘FAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Jahon chempionatidagi ishtirok, futbolchilar tanlovi, jamoaning kamchiliklari va kelgusi rejalar haqida batafsil gapirdi.Asosiy muammo — yuqori sur’atda o‘ynashKannavaroning fikricha, milliy jamoaning asosiy muammolaridan biri o‘yin intensivligi bo‘lib qolmoqda. U futbolchilar Jahon chempionatidagi yuqori sur’atga moslashishda qiynalishi mumkinligi haqida avvaldan ogohlantirganini aytdi.Murabbiy xorijlik mutaxassis kelishi bilan jamoa bir kunda "Barselona"dek o‘ynay boshlashini kutish noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, muammo undan qisqa vaqt ichida juda katta natija kutilayotganida ham bo‘lgan.Kongo va Kolumbiyaga qarshi ikki xil o‘yinKannavaro Kongo DR bilan uchrashuvning birinchi bo‘limida O‘zbekiston o‘yinni nazorat qilganini, tanaffusdan keyin esa futbolchilarda qo‘rquv paydo bo‘lganday jamoa butunlay boshqacha harakat qilganini aytdi.Kolumbiyaga qarshi bahsda esa aksincha, birinchi bo‘limda jamoa ko‘proq himoyalangan, ikkinchi bo‘limda hujumkor futbol ko‘rsatgan. Kannavaro jamoa o‘yinida o‘sish bo‘lganini, futbolchilar uning mashg‘ulot uslubi va metodologiyasini ijobiy qabul qilganini ta’kidladi.Terma jamoa yoshartiriladiKannavaro keyingi bosqichda tarkibni yoshartirish, taktik sxemani o‘zgartirish va yangi futbolchilarni jalb qilish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.U JCh tarkibidagi ayrim futbolchilar saralash bosqichidagi xizmatlari uchun chaqirilganini aytdi. Endi yosh futbolchilarga ko‘proq imkoniyat beriladi. Murabbiyning ta’kidlashicha, Behruz Karimov va Jahongir O‘rozov kabi o‘yinchilarga JCh Yevropaga yo‘l ochmoqda, murabbiylar shtabi nazarida yana bir qator yoshlar bor.Kannavaro Jaloliddin Masharipov jarohati sabab hatto yurishga qiynalganini bildirdi. Uni Jahon chempionatiga tayyorlash uchun turli mutaxassislar jalb qilingan, ammo futbolchi musobaqada qatnashishga ulgurmagan.Darvozabonni almashtirish xato bo‘lganmi?Murabbiy Jahon chempionatida barcha darvozabonlarga imkoniyat berishni istaganini, ammo buning iloji bo‘lmaganini bildirdi.U Abduvohid Ne’matovga ishonch bildirilishiga uning musobaqagacha bo‘lgan barqaror o‘yinlari sabab bo‘lganini aytdi. Shu bilan birga, ikkinchi turda darvozabonni almashtirish ehtimol xato qaror bo‘lganini tan oldi. Kannavaro JChdagi ayrim xatolarni futbolchilarda bunday darajadagi musobaqa tajribasi yetishmagani bilan izohladi.Janubiy Koreya, Eron va noma’lum top-raqibBosh murabbiy O‘FAdan doimo kuchli terma jamoalarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etishni so‘rashini aytdi.Uning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi, Eronni O‘zbekistonda qabul qilish bo‘yicha muzokaralar ketmoqda. Shuningdek, nomi hozircha ochiqlanmagan juda kuchli terma jamoa bilan ham muzokara olib borilmoqda.4 mln yevro, Italiyadagi "ta’til" va "kalamush"Kannavaro yillik maoshi 4 million yevro ekani haqidagi xabarlarni rad etdi. U murabbiylar shtabidagi ayrim mutaxassislarga o‘z mablag‘idan haq to‘lashini, yordamchisi Rolando Banki esa maoshsiz ishlashga rozi bo‘lganini aytdi.Murabbiy JChdan keyin jamoani tashlab, Italiyaga dam olish uchun ketgani haqidagi xabarlar ham haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi. U mundial yakunigacha jamoa bilan Nyu-Yorkda bo‘lgan, Superligadagi tanaffus paytida oilasini ko‘rib kelgan va chempionat tiklangach O‘zbekistonga qaytgan.Kannavaro milliy jamoa haqida ko‘plab noto‘g‘ri xabarlar tarqalganini aytib, bu uning xorijlik murabbiy ekani yoki jamoa ichida ma’lumot tarqatayotgan "kalamush" borligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

https://oz.sputniknews.uz/20260629/uzbekistan-terma-kannavaro-xatolar-58673220.html

o‘zbekiston

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/05/59503973_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_bbb7b3a4695b0fa5bee7d86c565cbc1d.jpg

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

sport, futbol bo‘yicha jch-2026, futbol, fabio kannavaro , murabbiy, o‘zbekiston

sport, futbol bo‘yicha jch-2026, futbol, fabio kannavaro , murabbiy, o‘zbekiston

Fabio Kannavaro JChdagi xatolar, tarkib tanlovi, maoshi, jamoani yoshartirish rejasi va kuchli raqiblar bilan o‘yinlar haqida gapirdi

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro O‘FAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Jahon chempionatidagi ishtirok, futbolchilar tanlovi, jamoaning kamchiliklari va kelgusi rejalar haqida batafsil gapirdi.

Asosiy muammo — yuqori sur’atda o‘ynash

Kannavaroning fikricha, milliy jamoaning asosiy muammolaridan biri o‘yin intensivligi bo‘lib qolmoqda. U futbolchilar Jahon chempionatidagi yuqori sur’atga moslashishda qiynalishi mumkinligi haqida avvaldan ogohlantirganini aytdi.

Murabbiy xorijlik mutaxassis kelishi bilan jamoa bir kunda "Barselona"dek o‘ynay boshlashini kutish noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, muammo undan qisqa vaqt ichida juda katta natija kutilayotganida ham bo‘lgan.

Kongo va Kolumbiyaga qarshi ikki xil o‘yin

Kannavaro Kongo DR bilan uchrashuvning birinchi bo‘limida O‘zbekiston o‘yinni nazorat qilganini, tanaffusdan keyin esa futbolchilarda qo‘rquv paydo bo‘lganday jamoa butunlay boshqacha harakat qilganini aytdi.

Kolumbiyaga qarshi bahsda esa aksincha, birinchi bo‘limda jamoa ko‘proq himoyalangan, ikkinchi bo‘limda hujumkor futbol ko‘rsatgan. Kannavaro jamoa o‘yinida o‘sish bo‘lganini, futbolchilar uning mashg‘ulot uslubi va metodologiyasini ijobiy qabul qilganini ta’kidladi.

Terma jamoa yoshartiriladi

Kannavaro keyingi bosqichda tarkibni yoshartirish, taktik sxemani o‘zgartirish va yangi futbolchilarni jalb qilish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

U JCh tarkibidagi ayrim futbolchilar saralash bosqichidagi xizmatlari uchun chaqirilganini aytdi. Endi yosh futbolchilarga ko‘proq imkoniyat beriladi. Murabbiyning ta’kidlashicha, Behruz Karimov va Jahongir O‘rozov kabi o‘yinchilarga JCh Yevropaga yo‘l ochmoqda, murabbiylar shtabi nazarida yana bir qator yoshlar bor.

Kannavaro Jaloliddin Masharipov jarohati sabab hatto yurishga qiynalganini bildirdi. Uni Jahon chempionatiga tayyorlash uchun turli mutaxassislar jalb qilingan, ammo futbolchi musobaqada qatnashishga ulgurmagan.

Darvozabonni almashtirish xato bo‘lganmi?

Murabbiy Jahon chempionatida barcha darvozabonlarga imkoniyat berishni istaganini, ammo buning iloji bo‘lmaganini bildirdi.

U Abduvohid Ne’matovga ishonch bildirilishiga uning musobaqagacha bo‘lgan barqaror o‘yinlari sabab bo‘lganini aytdi. Shu bilan birga, ikkinchi turda darvozabonni almashtirish ehtimol xato qaror bo‘lganini tan oldi. Kannavaro JChdagi ayrim xatolarni futbolchilarda bunday darajadagi musobaqa tajribasi yetishmagani bilan izohladi.

Janubiy Koreya, Eron va noma’lum top-raqib

Bosh murabbiy O‘FAdan doimo kuchli terma jamoalarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etishni so‘rashini aytdi.

Uning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi, Eronni O‘zbekistonda qabul qilish bo‘yicha muzokaralar ketmoqda. Shuningdek, nomi hozircha ochiqlanmagan juda kuchli terma jamoa bilan ham muzokara olib borilmoqda.

4 mln yevro, Italiyadagi "ta’til" va "kalamush"

Kannavaro yillik maoshi 4 million yevro ekani haqidagi xabarlarni rad etdi. U murabbiylar shtabidagi ayrim mutaxassislarga o‘z mablag‘idan haq to‘lashini, yordamchisi Rolando Banki esa maoshsiz ishlashga rozi bo‘lganini aytdi.

Murabbiy JChdan keyin jamoani tashlab, Italiyaga dam olish uchun ketgani haqidagi xabarlar ham haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi. U mundial yakunigacha jamoa bilan Nyu-Yorkda bo‘lgan, Superligadagi tanaffus paytida oilasini ko‘rib kelgan va chempionat tiklangach O‘zbekistonga qaytgan.

Kannavaro milliy jamoa haqida ko‘plab noto‘g‘ri xabarlar tarqalganini aytib, bu uning xorijlik murabbiy ekani yoki jamoa ichida ma’lumot tarqatayotgan "kalamush" borligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Trener Valeriy Nepomnyashiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2026

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Xirosima va Nagasaki: atom bombardimonlari haqida kam ma’lum faktlar06.406-08-2026
2Xushbo‘yligi bilan mashhur Xorazm guruchi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi01030-07-2026
3Фабио Каннаваро может возглавить сборную Узбекистана по футболу0030-09-2025
4Elezioni Figc, sfida Malagò-Abete. Chi sono e chi li sostiene per la presidenza del calcio italiano0514-05-2026
5СМИ: чемпион мира по футболу Фабио Каннаваро может возглавить сборную Польши0031-12-2021
6Идеальный кандидат. Как Марио Драги подарил Италии "правительство мечты"0016-02-2021
7Фабио Каннаваро прибыл в Ташкент со своим тренерским штабом0006-10-2025
8Una nuova figura professionale, lo scout dedicato agli allenatori: la tesi UEFA Pro di Alberto Maresi09.4821-03-2026
9Ди Марцио: ЦСКА хочет назначить главным тренером чемпиона мира по футболу Каннаваро0014-06-2025
10Каниковский рассказал о турнирах, в которых примет участие после чемпионата мира по дзюдо0022-06-2025

Классификация: Мнения. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 5.92. Источник: oz.sputniknews-uz.com.