Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

KPI, ustama va bonuslar: davlat xizmatchilari maoshi qanday o‘zgarishi mumkin?

Дата публикации: 04-08-2026 11:58:00

Yangi tizim 54 ming davlat xizmatchisini qamrab olib, 11 razrad, 6 pog‘ona hamda KPIga asoslangan to‘lovlarni nazarda tutadi

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260804/davlat-xizmatchilar-maosh-59487592.html

KPI, ustama va bonuslar: davlat xizmatchilari maoshi qanday o‘zgarishi mumkin?

KPI, ustama va bonuslar: davlat xizmatchilari maoshi qanday o‘zgarishi mumkin?

Sputnik O‘zbekiston

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun yagona va natijaga asoslangan ish haqi tizimi taklif qilindi. U 54 ming xodimni qamrab olib, 11 razrad, 6 pog‘ona, KPI ustamalari va aniq mezonlar asosida bonus to‘lovlarini nazarda tutadi.

2026-08-04T16:58+0500

2026-08-04T16:58+0500

2026-08-04T16:58+0500

shavkat mirziyoyev

maosh

ma’muriy ish

sun’iy intellekt

jamiyat

o‘zbekiston

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/15/47636543_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_67440bdcabf3b449ba730b09ce1bb4ac.jpg

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatchilarining ish haqi tizimi va mehnatga haq to‘lash shartlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, davlat organlaridagi boshqaruv xodimlari shtat birliklari 2016-yildagi 73 mingtadan 54 mingtaga maqbullashtirilgan.Yangi tizimda davlat organlari milliy, respublika, hududiy, shuningdek, tuman va shahar darajalariga ajratiladi. Xodimlar esa bajaradigan vazifalariga qarab ma’muriy boshqaruv, asosiy va qo‘llab-quvvatlash guruhlariga bo‘linadi.Xalqaro tajriba asosida 11 ta razrad va 6 ta pog‘onadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish rejalashtirilgan. Hozirgi o‘ndan ortiq ustama va mukofot o‘rniga uchta asosiy rag‘batlantirish to‘lovi qoldiriladi.Ustamalar xodimning malaka darajasi, funksional vazifalarni bajarishi, ijro va mehnat intizomi, tashabbuskorligi hamda samaradorlik ko‘rsatkichlari — KPI asosida belgilanadi.Muhim va murakkab vazifalarni bajargan, innovatsion yondashuvlarni joriy etgan va yuqori natija ko‘rsatgan xodimlarga hisobot davri yakuni bo‘yicha bonus to‘lash nazarda tutilmoqda.Hududiy boshqarmalar xodimlarining ish haqi tegishli hokimliklardagi o‘xshash lavozimlar maoshidan yuqori bo‘lmaydi. Tuman va shaharlarda maosh hamda shtat birliklarini belgilashda aholi soni va hududning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.

https://oz.sputniknews.uz/20260727/uzbekistan-ish-haqi-59301990.html

o‘zbekiston

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/15/47636543_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_c85e1f2b99b860a398cc55ab94ad241a.jpg

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

shavkat mirziyoyev, maosh, ma’muriy ish, sun’iy intellekt, jamiyat, o‘zbekiston

shavkat mirziyoyev, maosh, ma’muriy ish, sun’iy intellekt, jamiyat, o‘zbekiston

Yangi tizim 54 ming davlat xizmatchisini qamrab olib, 11 razrad, 6 pog‘ona hamda KPIga asoslangan to‘lovlarni nazarda tutadi

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatchilarining ish haqi tizimi va mehnatga haq to‘lash shartlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat organlaridagi boshqaruv xodimlari shtat birliklari 2016-yildagi 73 mingtadan 54 mingtaga maqbullashtirilgan.

Endi 54 ming nafar davlat xizmatchisini qamrab oladigan yagona, ochiq va mehnat natijalariga asoslangan ish haqi tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.

Yangi tizimda davlat organlari milliy, respublika, hududiy, shuningdek, tuman va shahar darajalariga ajratiladi. Xodimlar esa bajaradigan vazifalariga qarab ma’muriy boshqaruv, asosiy va qo‘llab-quvvatlash guruhlariga bo‘linadi.

Xalqaro tajriba asosida 11 ta razrad va 6 ta pog‘onadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish rejalashtirilgan. Hozirgi o‘ndan ortiq ustama va mukofot o‘rniga uchta asosiy rag‘batlantirish to‘lovi qoldiriladi.

Ustamalar xodimning malaka darajasi, funksional vazifalarni bajarishi, ijro va mehnat intizomi, tashabbuskorligi hamda samaradorlik ko‘rsatkichlari — KPI asosida belgilanadi.

Muhim va murakkab vazifalarni bajargan, innovatsion yondashuvlarni joriy etgan va yuqori natija ko‘rsatgan xodimlarga hisobot davri yakuni bo‘yicha bonus to‘lash nazarda tutilmoqda.

Bonuslarni belgilashda xodimning ilg‘or axborot texnologiyalari, jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish ko‘nikmalari, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi, tajribasi va malakasini oshirishi ham inobatga olinadi.

Hududiy boshqarmalar xodimlarining ish haqi tegishli hokimliklardagi o‘xshash lavozimlar maoshidan yuqori bo‘lmaydi. Tuman va shaharlarda maosh hamda shtat birliklarini belgilashda aholi soni va hududning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.

Raschet zarabotnoy plati. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2026

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Boshpanasizlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi012.3104-08-2026
2O‘zbekiston shaxsiy ma’lumotlarni saqlash mumkin bo‘lgan 49 davlatni belgiladi012.7404-08-2026
3Mirziyoyev elektr va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash rejalari bilan tanishdi07.7406-08-2026
423,5 ming tashabbus va 2,18 trln so‘m: Tashabbusli budjet (Open budjet) viloyatlar kesimida 024.9704-08-2026
5Глав трех военкоматов на Украине обвиняют в завышении показателей мобилизации016.2506-08-2026
6Псковские власти в 1,5 раза увеличат число программ по духовному развитию детей0017-08-2021
7Чернышенко: у руководителей цифровой трансформации в регионах появится система мотивации0007-09-2021
8"Известия": руководители госкомпаний будут отвечать за повышение производительности труда0013-02-2020
9Чернышенко: госорганы должны скоро перейти к работе через единую цифровую платформу0004-06-2021
10Учителя из четырех регионов РФ приедут на Ставрополье по программе "Земский учитель"0031-08-2021

Классификация: Общество. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 19.63. Источник: oz.sputniknews-uz.com.