Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

O‘zbekistonda isitish xizmati uchun tariflarni oshirish taklif qilindi

Дата публикации: 03-08-2026 04:27:55

Institut isitishda ijtimoiy meyor joriy etish va meyordan ortiq maydon uchun qimmatroq bazaviy tarif qo‘llashni taklif qildi.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260803/isitish-avtobus-tariflar-taklif-59444655.html

O‘zbekistonda isitish xizmati uchun tariflarni oshirish taklif qilindi

O‘zbekistonda isitish xizmati uchun tariflarni oshirish taklif qilindi

Sputnik O‘zbekiston

O‘zbekistonda isitish uchun 60 kvadrat metrlik ijtimoiy meyor joriy etish va meyordan ortiq maydonni taxminan besh barobar yuqori bazaviy tarifda hisoblash taklif qilindi.

2026-08-03T09:27+0500

2026-08-03T09:27+0500

2026-08-03T12:14+0500

jamiyat

narx-navo

inflyatsiya

o‘zbekiston

subsidiya

uy-joy kommunal xizmati

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/02/21615399_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_711fae21467e85474aa1d8aea36cedb2.jpg

TOShKENT, 3 avg - Sputnik. O‘zbekistonda isitish xizmatlarini subsidiyalash tartibini o‘zgartirish va ijtimoiy meyordan ortiq maydon uchun bazaviy tarif joriy etish taklif qilindi.Tashabbus Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish hamda fiskal tahlillar instituti tomonidan 30-iyulda o‘tkazilgan "Fiskal muloqot"da taqdim etilgan.Institutning rasmiy xabarida mutaxassislar soliq-budjet siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarni taqdim etgani aytilgan. Ijtimoiy meyor qanday hisoblanishi mumkin?Taklifga ko‘ra, bir xonadon uchun 60 kvadrat metr yoki ro‘yxatda turgan har bir kishi uchun 16 kvadrat metr ijtimoiy meyor sifatida belgilanishi mumkin.Ushbu meyor doirasidagi maydon uchun amaldagi imtiyozli tarif saqlanadi. Meyordan ortiq qismi esa bazaviy tarif bo‘yicha hisoblanishi taklif etilmoqda.Bazaviy tarif bir gigakaloriya uchun 711,6 ming so‘mni tashkil etadi. Bu aholi uchun amaldagi tarifdan taxminan besh barobar yuqori.Biroq bu maydoni 60 kvadrat metrdan katta bo‘lgan xonadonlarning butun isitish to‘lovi besh barobar oshishini anglatmaydi. Qimmatroq tarif faqat belgilangan ijtimoiy meyordan ortiq maydonga qo‘llanishi taklif qilingan.Masalan, 80 kvadrat metrli xonadon uchun 60 kvadrat metr imtiyozli tarifda, qolgan 20 kvadrat metr esa bazaviy tarifda hisoblanishi mumkin.Subsidiyalarning asosiy qismi Toshkentga to‘g‘ri keladiTaqdimotdagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026-yilda issiqlik ta’minotini subsidiyalash uchun respublika bo‘yicha 3,8 trln so‘m ajratilishi kutilmoqda. Shundan 2,9 trln so‘mi yoki 77 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.Hozir aholi bazaviy isitish tarifining 20 foizdan kam qismini to‘lamoqda, qolgan xarajatlar esa davlat budjeti hisobidan qoplanmoqda.Institut ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentdagi kvartiralarning 45,4 foizi 60 kvadrat metrdan oshmaydi. Shu sababli mazkur xonadonlar uchun amaldagi hisoblash tartibi o‘zgarmasligi mumkin.

https://oz.sputniknews.uz/20260706/yillik-inflyatsiya-58858351.html

o‘zbekiston

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/02/21615399_193:0:2924:2048_1920x0_80_0_0_bdffa30c142f8a36a3e7f1d064736a8a.jpg

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

jamiyat, narx-navo, inflyatsiya, o‘zbekiston, subsidiya, uy-joy kommunal xizmati

jamiyat, narx-navo, inflyatsiya, o‘zbekiston, subsidiya, uy-joy kommunal xizmati

09:27 03.08.2026 (yangilandi: 12:14 03.08.2026)

Institut isitishda ijtimoiy meyor joriy etish va meyordan ortiq maydon uchun qimmatroq bazaviy tarif qo‘llashni taklif qildi.

TOShKENT, 3 avg - Sputnik. O‘zbekistonda isitish xizmatlarini subsidiyalash tartibini o‘zgartirish va ijtimoiy meyordan ortiq maydon uchun bazaviy tarif joriy etish taklif qilindi.

Tashabbus Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish hamda fiskal tahlillar instituti tomonidan 30-iyulda o‘tkazilgan "Fiskal muloqot"da taqdim etilgan.

Institutning rasmiy xabarida mutaxassislar soliq-budjet siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarni taqdim etgani aytilgan.

Ijtimoiy meyor qanday hisoblanishi mumkin?

Taklifga ko‘ra, bir xonadon uchun 60 kvadrat metr yoki ro‘yxatda turgan har bir kishi uchun 16 kvadrat metr ijtimoiy meyor sifatida belgilanishi mumkin.

Ushbu meyor doirasidagi maydon uchun amaldagi imtiyozli tarif saqlanadi. Meyordan ortiq qismi esa bazaviy tarif bo‘yicha hisoblanishi taklif etilmoqda.

Bazaviy tarif bir gigakaloriya uchun 711,6 ming so‘mni tashkil etadi. Bu aholi uchun amaldagi tarifdan taxminan besh barobar yuqori.

Biroq bu maydoni 60 kvadrat metrdan katta bo‘lgan xonadonlarning butun isitish to‘lovi besh barobar oshishini anglatmaydi. Qimmatroq tarif faqat belgilangan ijtimoiy meyordan ortiq maydonga qo‘llanishi taklif qilingan.

Masalan, 80 kvadrat metrli xonadon uchun 60 kvadrat metr imtiyozli tarifda, qolgan 20 kvadrat metr esa bazaviy tarifda hisoblanishi mumkin.

Subsidiyalarning asosiy qismi Toshkentga to‘g‘ri keladi

Taqdimotdagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026-yilda issiqlik ta’minotini subsidiyalash uchun respublika bo‘yicha 3,8 trln so‘m ajratilishi kutilmoqda. Shundan 2,9 trln so‘mi yoki 77 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hozir aholi bazaviy isitish tarifining 20 foizdan kam qismini to‘lamoqda, qolgan xarajatlar esa davlat budjeti hisobidan qoplanmoqda.

Institut ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentdagi kvartiralarning 45,4 foizi 60 kvadrat metrdan oshmaydi. Shu sababli mazkur xonadonlar uchun amaldagi hisoblash tartibi o‘zgarmasligi mumkin.

corner.svg

Mazkur institut 2025-yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalari qatoriga budjet-soliq siyosatini tahlil qilish, davlat xarajatlari samaradorligini baholash hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha vakolatli davlat organlariga asoslangan takliflar kiritish ham kiradi.

KengaytirishYig‘ishtirish

Inflyatsiya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2026

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1O‘zbekiston va Hindiston savdoni oshirish va erkin savdo bitimi imkoniyatini ko‘rib chiqdi04.7603-08-2026
2O‘zbekiston Rossiya bilan yuqori aniqlikdagi o‘lchov etalonlarini yaratishni muhokama qildi06.2706-08-2026
3O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishiga qaysi tarmoqlar ko‘proq hissa qo‘shdi020.3402-08-2026
4Saratonga qarshi yangi dori yaratishda o‘zbekistonlik olim muhim natijaga erishdi07.7430-07-2026
5O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalari sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandum imzoladi09.606-08-2026
6Yalpi ichiki mahsulot dinamikasi07.3501-08-2026
7Ufada O‘zbekiston Savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi06.2706-08-2026
8Sanoat ishlab chiqarish tarkibi012.9801-08-2026
9O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida bojxona muzokaralari kuzda boshlanadi08.2603-08-2026
10Boshpanasizlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi012.3104-08-2026

Классификация: . Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 8.46. Источник: oz.sputniknews-uz.com.