Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Chegara o‘tkazish punktlari ikki baravar ko‘payadi: Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi yakunlari

Дата публикации: 30-07-2026 10:34:00

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ittifoqchilik shartnomasini imzoladi, yana 12 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260730/mirziyoev-kyrgyzstan-tashrif-59385666.html

Chegara o‘tkazish punktlari ikki baravar ko‘payadi: Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi yakunlari

Chegara o‘tkazish punktlari ikki baravar ko‘payadi: Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi yakunlari

Sputnik O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi doirasida ikki davlat rahbari savdoni 2 mlrd dollarga yetkazish, Davlatlararo kengash tuzish va yirik loyihalarni jadallashtirishga kelishdi.

2026-07-30T15:34+0500

2026-07-30T15:34+0500

2026-07-30T15:51+0500

shavkat mirziyoyev

sadir japarov

iqtisod

savdo

qirg‘iziston

siyosat

o‘zbekiston

chegara

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1e/59386534_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_c985a171588d898964d8f0f4ee04bb9a.jpg

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi.Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar yakunida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.Chegara va fuqarolarning harakatlanishiga oid hujjatlar orasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining alohida uchastkasi to‘g‘risidagi shartnoma, Chechme — Chashma bulog‘idan birgalikda foydalanish bitimi hamda chegara o‘tkazish punktlari va fuqarolarning o‘zaro bordi-kelishi bo‘yicha protokollar bor.Ijtimoiy sohada davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risida bitim imzolandi. Tomonlar oliy ta’limda talabalar to‘plagan o‘quv kreditlarini o‘zaro tan olishga ham kelishdi.Bundan tashqari, ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida hamkorlik bitimi qabul qilindi. Issiqko‘ldagi kurort-rekreatsiya obyektlariga oid avvalgi bitimga o‘zgartish kiritildi.Madaniyat, qishloq xo‘jaligi, turizm va investitsiyalar sohalarida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejalari ham tasdiqlandi.Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish, Toshkent va Bishkekda savdo uylari ochish hamda Davlatlararo kengash tuzishga kelishib olindi. Qayd etilishicha, 2025-yilda tovar ayirboshlash 1,2 mlrd dollarga yetgan, ikki mamlakat ishtirokida 450 ta qo‘shma korxona tashkil etilgan.Prezidentlar Qambarota GES-1 bo‘yicha bitimni tezroq imzolash va "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li loyihasini davom ettirish masalalarini ham muhokama qildi.Shuningdek, tashrif doirasida Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonning oliy ordeni bilan taqdirladi.Sadir Japarovning ma’lum qilishicha, imzolangan hujjatlar ikki mamlakat chegarasidagi o‘tkazish punktlari sonini 15 tadan 30 tagacha oshirishni nazarda tutadi.Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Sadir Japarovni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.

https://oz.sputniknews.uz/20260728/eaeu-bozor-imtiyoz-59329997.html

qirg‘iziston

o‘zbekiston

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1e/59386534_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_775c564ca3f90fdad6cf3e116a659989.jpg

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

shavkat mirziyoyev, sadir japarov, iqtisod, savdo, qirg‘iziston, siyosat, o‘zbekiston, chegara

shavkat mirziyoyev, sadir japarov, iqtisod, savdo, qirg‘iziston, siyosat, o‘zbekiston, chegara

15:34 30.07.2026 (yangilandi: 15:51 30.07.2026)

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ittifoqchilik shartnomasini imzoladi, yana 12 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar yakunida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

Shuningdek, yana 12 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi.

Chegara va fuqarolarning harakatlanishiga oid hujjatlar orasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining alohida uchastkasi to‘g‘risidagi shartnoma, Chechme — Chashma bulog‘idan birgalikda foydalanish bitimi hamda chegara o‘tkazish punktlari va fuqarolarning o‘zaro bordi-kelishi bo‘yicha protokollar bor.

Ijtimoiy sohada davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risida bitim imzolandi. Tomonlar oliy ta’limda talabalar to‘plagan o‘quv kreditlarini o‘zaro tan olishga ham kelishdi.

Bundan tashqari, ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida hamkorlik bitimi qabul qilindi. Issiqko‘ldagi kurort-rekreatsiya obyektlariga oid avvalgi bitimga o‘zgartish kiritildi.

Madaniyat, qishloq xo‘jaligi, turizm va investitsiyalar sohalarida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejalari ham tasdiqlandi.

Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish, Toshkent va Bishkekda savdo uylari ochish hamda Davlatlararo kengash tuzishga kelishib olindi.

Qayd etilishicha, 2025-yilda tovar ayirboshlash 1,2 mlrd dollarga yetgan, ikki mamlakat ishtirokida 450 ta qo‘shma korxona tashkil etilgan.

Prezidentlar Qambarota GES-1 bo‘yicha bitimni tezroq imzolash va "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li loyihasini davom ettirish masalalarini ham muhokama qildi.

Shuningdek, tashrif doirasida Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonning oliy ordeni bilan taqdirladi.

Sadir Japarovning ma’lum qilishicha, imzolangan hujjatlar ikki mamlakat chegarasidagi o‘tkazish punktlari sonini 15 tadan 30 tagacha oshirishni nazarda tutadi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Sadir Japarovni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.

Laziz Kudratov na uzbeksko-azerbaydjanskom biznes-forume v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2026

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon norasmiy sammitida nutq so‘zladi09.0731-07-2026
2O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalari sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandum imzoladi09.606-08-2026
3Shavkat Mirziyoyev 9 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi010.8728-07-2026
4Shavkat Miziyoyev Qozog‘istonga amaliy tashrif bilan boradi07.928-07-2026
5Кыргызстан и Узбекистан подписали договор о союзнических отношениях06.404-08-2026
6Главы МИД РФ и Узбекистана отметили масштаб договоренностей по итогам визита Мирзиёева0020-11-2021
7Мирзиёев и Путин обсудили итоги саммитов в Бишкеке и Душанбе0017-06-2019
8Киргизия и Узбекистан согласовали все спорные участки границы0026-03-2021
9Киргизия и Туркмения подпишут декларацию о стратегическом партнерстве0023-08-2018

Классификация: Политика. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 9. Тональность: 0. Информативность: 13.06. Источник: oz.sputniknews-uz.com.