Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Toshkent va Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha V xalqaro Samarqand forumi o‘tkazilmoqda

Дата публикации: 29-09-2026 07:02:00

Raqamli huquqlar, sun’iy intellekt, gender tengligi va inklyuziv rivojlanish — bu va boshqa masalalar Samarqand xalqaro forumi kun tartibidan o‘rin oldi.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260929/tashkent-samarkand-inson-huquq-forum-60817327.html

Toshkent va Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha V xalqaro Samarqand forumi o‘tkazilmoqda

Toshkent va Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha V xalqaro Samarqand forumi o‘tkazilmoqda

Sputnik O‘zbekiston

Toshkent va Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilar raqamli huquqlar, sun’iy intellekt, gender tengligi, inklyuziv rivojlanish va boshqa masalalarni muhokama qilmoqda.

2026-09-29T12:02+0500

2026-09-29T12:02+0500

2026-09-30T10:39+0500

tanzila norboyeva

forum

inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston milliy markazi

mdh

sergey lebedev

bmt

o‘zbekiston oliy majlisi senati

jamiyat

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1d/60814520_521:413:3427:2048_1920x0_80_0_0_7976d158b1b400c9367bcd88973e8853.jpg

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkent va Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi bo‘lib o‘tmoqda, uning ishtirokchilari shaxs huquqlarini himoya qilishning xalqaro standartlari, raqamli davr muammolari va rivojlanish huquqini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Samarqand nigohi – 2040” hujjatini qabul qilish rejalashtirilgan.Bu yilgi tadbir tarixiy sanalar – Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarning 60-yilligi va Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 40-yilligiga bag‘ishlangan.Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday forum rasmiy hisobotlar uchun emas, balki xalqaro inson huquqlari standartlarini real hayot bilan uyg‘unlashtirish va zamonamizning yangi xatarlariga umumiy javoblar topish uchun tashkil etilgan: asosiy paktlar qabul qilinganidan beri o‘tgan 60-yil ichida dunyoda ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi.Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva konferensiyani ochib, so‘nggi yillarda mamlakatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qator qonun hujjatlari qabul qilinganini ta’kidladi:Yalpi majlislardan so‘ng forum o‘z ishini yettita parallel sessiyada davom ettirdi. Ishtirokchilar fuqarolik va siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar, bolalar, xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, iqlim adolati, sun’iy intellektdan foydalanish va fuqarosizlikning oldini olish masalalarini muhokama qildi.Inson huquqlari kun tartibini yanada rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlarni belgilab berishi kutilayotgan hujjat – “Samarqand nigohi – 2040”ni shakllantirish forumning markaziy mavzularidan biri bo‘ldi.Tashabbusni taqdim etib, Tanzila Narbayeva uchta taklifni ilgari surdi. Ikkinchi taklif raqamlashtirish sharoitida inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq. Spiker ta’kidlaganidek, fundamental erkinliklarga daxldor qarorlarni qabul qilishda inson mas’uliyati va ishtirokini hisobga olish zarur.Uchinchi yo‘nalish sifatida Narbayeva qaror qabul qilishda manfaatdor guruhlarning o‘zlari ishtirok etishini nazarda tutuvchi “bizsiz biz haqimizda hech narsa” tamoyilini tilga oldi.Dastlab u nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq edi, ammo, ma’ruzachining fikricha, ushbu yondashuv ayollar, yoshlar, iqlim va global xavfsizlikka oid masalalarga ham qo‘llanilishi kerak.Inson huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhimligi haqida MDH bosh kotibi Sergey Lebedevning murojaatida ham ta’kidlandi.Forumning yakuniy yalpi majlisi 29-sentabr kuni Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda ishtirokchilar inson huquqlarini himoya qilishga oid kun tartibi va forumning yakuniy hujjatlarini muhokama qilishda davom etadi.

https://oz.sputniknews.uz/20260623/xorij-huquq-yordam-sco-ombudsman-kelishuv-58543023.html

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

1920

1080

true

1920

1440

true

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1d/60814520_710:54:3366:2046_1920x0_80_0_0_d14bf47c2685c9590633d4bc0d1e3255.jpg

1920

1920

true

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Sputnik O‘zbekiston

tanzila norboyeva, forum, inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston milliy markazi, mdh, sergey lebedev, bmt, o‘zbekiston oliy majlisi senati, jamiyat

tanzila norboyeva, forum, inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston milliy markazi, mdh, sergey lebedev, bmt, o‘zbekiston oliy majlisi senati, jamiyat

12:02 29.09.2026 (yangilandi: 10:39 30.09.2026)

Obuna bo‘lish

Raqamli huquqlar, sun’iy intellekt, gender tengligi va inklyuziv rivojlanish — bu va boshqa masalalar Samarqand xalqaro forumi kun tartibidan o‘rin oldi.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkent va Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi bo‘lib o‘tmoqda, uning ishtirokchilari shaxs huquqlarini himoya qilishning xalqaro standartlari, raqamli davr muammolari va rivojlanish huquqini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Samarqand nigohi – 2040” hujjatini qabul qilish rejalashtirilgan.

Bu yilgi tadbir tarixiy sanalar – Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarning 60-yilligi va Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 40-yilligiga bag‘ishlangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday forum rasmiy hisobotlar uchun emas, balki xalqaro inson huquqlari standartlarini real hayot bilan uyg‘unlashtirish va zamonamizning yangi xatarlariga umumiy javoblar topish uchun tashkil etilgan: asosiy paktlar qabul qilinganidan beri o‘tgan 60-yil ichida dunyoda ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva konferensiyani ochib, so‘nggi yillarda mamlakatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qator qonun hujjatlari qabul qilinganini ta’kidladi:

“So‘nggi yillarda Oliy Majlis Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni, fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qildi. Har bir shunday qonun oddiy bir savolga javob berishi lozim: inson o‘z huquqlarini himoya qilishi osonlashdimi?” — dedi Narbayeva.

Yalpi majlislardan so‘ng forum o‘z ishini yettita parallel sessiyada davom ettirdi. Ishtirokchilar fuqarolik va siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar, bolalar, xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, iqlim adolati, sun’iy intellektdan foydalanish va fuqarosizlikning oldini olish masalalarini muhokama qildi.

Inson huquqlari kun tartibini yanada rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlarni belgilab berishi kutilayotgan hujjat – “Samarqand nigohi – 2040”ni shakllantirish forumning markaziy mavzularidan biri bo‘ldi.

Tashabbusni taqdim etib, Tanzila Narbayeva uchta taklifni ilgari surdi.

Birinchisi, BMT tavsiyalari va Universal davriy sharh mexanizmlari ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirishga taalluqlidir. Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy parlamentlar ushbu faoliyatda ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashi muhim.

Ikkinchi taklif raqamlashtirish sharoitida inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq. Spiker ta’kidlaganidek, fundamental erkinliklarga daxldor qarorlarni qabul qilishda inson mas’uliyati va ishtirokini hisobga olish zarur.

Uchinchi yo‘nalish sifatida Narbayeva qaror qabul qilishda manfaatdor guruhlarning o‘zlari ishtirok etishini nazarda tutuvchi “bizsiz biz haqimizda hech narsa” tamoyilini tilga oldi.

Dastlab u nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq edi, ammo, ma’ruzachining fikricha, ushbu yondashuv ayollar, yoshlar, iqlim va global xavfsizlikka oid masalalarga ham qo‘llanilishi kerak.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhimligi haqida MDH bosh kotibi Sergey Lebedevning murojaatida ham ta’kidlandi.

“Xalqaro va mintaqaviy tajribani birlashtirgan holda, forum har bir fuqaro manfaatlarining so‘zsiz ustuvorligi asosida shaxs huquqlarini himoya qilish, rivojlanish huquqini ro‘yobga chiqarish va zamonaviy xavf-xatarlarga samarali munosabat bildirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun nufuzli platforma bo‘lib xizmat qiladi”, — deb ta’kidladi MDH bosh kotibi.

Forumning yakuniy yalpi majlisi 29-sentabr kuni Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda ishtirokchilar inson huquqlarini himoya qilishga oid kun tartibi va forumning yakuniy hujjatlarini muhokama qilishda davom etadi.

Rabochie na stroitelstve avtomobilnogo mosta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026

23 Iyun, 15:45

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentda kutib olindi09.0705-10-2026
2O‘zbekistonning eng yirik 5 ta savdo hamkori qaysi davlatlar - infografika010.4204-10-2026
3Toshkentda rus tili va adabiyotini o‘qitishga yondashuvlar muhokama qilindi06.5230-09-2026
4Rossiya san’ati va rus tili: O‘zbekistondagi yangi loyihalar06.9402-10-2026
5Mirziyoyev va Rahmon O‘zbekiston – Tojikiston ittifoqchiligini rivojlantirishni muhokama qildi06.1205-10-2026
6“Mangulikka yo‘g‘rilgan umr”: Toshkentda Zurab Sereteli ko‘rgazmasi ochildi — foto08.6402-10-2026
7Xivada O‘zbekiston va Belarus tadbirkorlari yangi qo‘shma loyihalarni kelishib oldi08.330-09-2026
8Sun’iy intellekt xavfi: Oq uy maxsus guruh tuzdi, Mask nazorat yo‘qolishidan ogohlantirgan011.7704-10-2026
9Mirziyoyev Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi014.5505-10-2026

Классификация: Партнеры. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 9. Тональность: 0. Информативность: 7.03. Источник: oz.sputniknews-uz.com.