Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Mashinani olib qo‘yish va yuqori tezlik uchun huquqdan mahrum qilish: loyiha ma’qullandi

Дата публикации: 04-08-2026 07:58:00

Qonun loyihasida o‘ta tezlik, noqonuniy poyga va mast holda boshqarish uchun javobgarlikni keskin kuchaytirish taklif etildi.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260804/mashina-tezlik-loyiha-59481519.html

Mashinani olib qo‘yish va yuqori tezlik uchun huquqdan mahrum qilish: loyiha ma’qullandi

Mashinani olib qo‘yish va yuqori tezlik uchun huquqdan mahrum qilish: loyiha ma’qullandi

Sputnik O‘zbekiston

Qonunchilik palatasi yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jazolarni kuchaytirish loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Ayrim hollarda avtomobil 6 oydan 1-yilgacha olib qo‘yilishi mumkin.

2026-08-04T12:58+0500

2026-08-04T12:58+0500

2026-08-04T12:58+0500

yo‘l harakati qoidalari (yhq)

jamiyat

oliy majlis qonunchilik palatasi

avtomobil

haydovchilar

haydovchilik guvohnomasi

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/15/46742214_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_de19af4d0ea808c3cf87531c34c4e8c0.jpg

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yo‘l harakati sohasidagi qo‘pol qoidabuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.Hujjat bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar, shuningdek, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.Mashina 6 oydan 1-yilgacha olib qo‘yilishi mumkinQonun loyihasida ma’muriy jazoning yangi turi — avtomototransport vositasini 6 oydan 1-yilgacha vaqtincha olib qo‘yish chorasi joriy etilmoqda.U quyidagi huquqbuzarliklar transport boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan yoki bu huquqdan mahrum etilgan shaxs tomonidan sodir etilganda qo‘llanilishi mumkin:Mashinani vaqtincha olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni jinoyat ishlari bo‘yicha tuman yoki shahar sudi qabul qiladi. Loyiha haqidagi ochiq ma’lumotlarda avtomobil kimga tegishli bo‘lsa, ammo qoidabuzar boshqa shaxs bo‘lsa, jazo qanday qo‘llanilishiga hozircha aniqlik kiritilmagan.O‘ta yuqori tezlik uchun alohida jazoBelgilangan tezlikni soatiga 80 kilometrdan ortiq oshirish alohida qo‘pol huquqbuzarlik sifatida belgilanmoqda.Bu avtomobil 80 km/soat tezlikda harakatlanganini emas, balki belgilangan cheklovdan 80 km/soatdan ortiq tezlikda yurganini anglatadi.Bunday qoidabuzarlik uchun haydovchini transport boshqarish huquqidan mahrum qilish va 26,8 mln so‘mgacha jarima solish taklif etilmoqda.Voyaga yetmaganga mashina bergan shaxs jinoiy javobgar bo‘lishi mumkinLoyihaga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxsga transport boshqarishni topshirganlik uchun javobgarlik ham kuchaytiriladi.Agar voyaga yetmagan haydovchi ishtirokidagi hodisa oqibatida biror shaxsga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir tan jarohati yetkazilsa, odam halok bo‘lsa yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqsa, mashinani boshqarishga bergan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.Ya’ni javobgarlik faqat rulda bo‘lgan voyaga yetmaganga emas, unga transportni ixtiyoriy ravishda topshirgan shaxsga ham yuklanadi.Noqonuniy poygalar uchun jazo kuchaytiriladiAvtomobil va motosikl poygalarini ruxsatsiz tashkil etish, shuningdek, ularda ishtirok etish uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.Poygalar faqat maxsus ajratilgan joylarda, xavfsizlik talablariga rioya etgan holda sport tadbiri sifatida o‘tkazilishi mumkin.Shuningdek, yuk avtomobillarini tungi vaqtda harakat ishtirokchilariga xavf tug‘diradigan holatda yo‘l chetida qoldirish va transport vositasini hisobdan chiqarish tartibini buzish uchun ham javobgarlik kuchaytiriladi.Qoidabuzar jarimani chegirma bilan to‘lay olmasligi mumkinAyrim qo‘pol qoidabuzarliklar takroran sodir etilsa, jarimani chegirma bilan to‘lash tartibini muayan muddat davomida qo‘llamaslik taklif etilmoqda.Qonun loyihasi hozircha birinchi o‘qishda qabul qilindi. Shu sababli yangi jazolar hali kuchga kirgani yo‘q, ularning aniq miqdori va qo‘llash tartibi keyingi muhokamalarda o‘zgarishi mumkin.

https://oz.sputniknews.uz/20260612/avtomobil-musodara-58296038.html

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/15/46742214_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f674254af32e125dddf7179836b44637.jpg

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

yo‘l harakati qoidalari (yhq), jamiyat, oliy majlis qonunchilik palatasi, avtomobil, haydovchilar, haydovchilik guvohnomasi

yo‘l harakati qoidalari (yhq), jamiyat, oliy majlis qonunchilik palatasi, avtomobil, haydovchilar, haydovchilik guvohnomasi

Qonun loyihasida o‘ta tezlik, noqonuniy poyga va mast holda boshqarish uchun javobgarlikni keskin kuchaytirish taklif etildi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yo‘l harakati sohasidagi qo‘pol qoidabuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Hujjat bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar, shuningdek, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.

Mashina 6 oydan 1-yilgacha olib qo‘yilishi mumkin

Qonun loyihasida ma’muriy jazoning yangi turi — avtomototransport vositasini 6 oydan 1-yilgacha vaqtincha olib qo‘yish chorasi joriy etilmoqda.

Bu oddiy tarzda mashinani jarima maydonchasiga olib ketish emas, balki sud tomonidan tayinlanadigan alohida ma’muriy jazo bo‘ladi.

U quyidagi huquqbuzarliklar transport boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan yoki bu huquqdan mahrum etilgan shaxs tomonidan sodir etilganda qo‘llanilishi mumkin:

noqonuniy avtomobil yoki motosikl poygasini tashkil etish va unda ishtirok etish;

transportni mast holda boshqarish;

mastlikni aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortish.

Mashinani vaqtincha olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni jinoyat ishlari bo‘yicha tuman yoki shahar sudi qabul qiladi. Loyiha haqidagi ochiq ma’lumotlarda avtomobil kimga tegishli bo‘lsa, ammo qoidabuzar boshqa shaxs bo‘lsa, jazo qanday qo‘llanilishiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

O‘ta yuqori tezlik uchun alohida jazo

Belgilangan tezlikni soatiga 80 kilometrdan ortiq oshirish alohida qo‘pol huquqbuzarlik sifatida belgilanmoqda.

Bu avtomobil 80 km/soat tezlikda harakatlanganini emas, balki belgilangan cheklovdan 80 km/soatdan ortiq tezlikda yurganini anglatadi.

Masalan, tezlik 60 km/soat qilib belgilangan yo‘lda 140 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish shu toifaga kiradi.

Bunday qoidabuzarlik uchun haydovchini transport boshqarish huquqidan mahrum qilish va 26,8 mln so‘mgacha jarima solish taklif etilmoqda.

Voyaga yetmaganga mashina bergan shaxs jinoiy javobgar bo‘lishi mumkin

Loyihaga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxsga transport boshqarishni topshirganlik uchun javobgarlik ham kuchaytiriladi.

Agar voyaga yetmagan haydovchi ishtirokidagi hodisa oqibatida biror shaxsga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir tan jarohati yetkazilsa, odam halok bo‘lsa yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqsa, mashinani boshqarishga bergan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ya’ni javobgarlik faqat rulda bo‘lgan voyaga yetmaganga emas, unga transportni ixtiyoriy ravishda topshirgan shaxsga ham yuklanadi.

Noqonuniy poygalar uchun jazo kuchaytiriladi

Avtomobil va motosikl poygalarini ruxsatsiz tashkil etish, shuningdek, ularda ishtirok etish uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Poygalar faqat maxsus ajratilgan joylarda, xavfsizlik talablariga rioya etgan holda sport tadbiri sifatida o‘tkazilishi mumkin.

Shuningdek, yuk avtomobillarini tungi vaqtda harakat ishtirokchilariga xavf tug‘diradigan holatda yo‘l chetida qoldirish va transport vositasini hisobdan chiqarish tartibini buzish uchun ham javobgarlik kuchaytiriladi.

Qoidabuzar jarimani chegirma bilan to‘lay olmasligi mumkin

Ayrim qo‘pol qoidabuzarliklar takroran sodir etilsa, jarimani chegirma bilan to‘lash tartibini muayan muddat davomida qo‘llamaslik taklif etilmoqda.

Transportni mast holda boshqarish va mastlikni aniqlash tekshiruvidan bosh tortish uchun belgilangan jazolar ham qayta ko‘rib chiqiladi.

Qonun loyihasi hozircha birinchi o‘qishda qabul qilindi. Shu sababli yangi jazolar hali kuchga kirgani yo‘q, ularning aniq miqdori va qo‘llash tartibi keyingi muhokamalarda o‘zgarishi mumkin.

Jizn v Denau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2026

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Boshpanasizlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi012.3104-08-2026
2O‘zbekistonda isitish xizmati uchun tariflarni oshirish taklif qilindi08.4603-08-2026
3Korxonalarga daraxt kesish, chiqindi yoqish va qurilishdagi chang uchun jarimalar kuchga kirdi010.4105-08-2026
4Yo‘llar to‘g‘risida yangi qonun: og‘ir va yirik transportlar ruxsatnoma bilan harakatlanadi06.0506-08-2026
5O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalari sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha memorandum imzoladi09.606-08-2026
6Kadastrda 10–15 kunlik jarayon bir necha soniyaga qisqarishi mumkin014.3504-08-2026
7Vengriya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda AES butlovchi qismlari ishlab chiqarilishi mumkin08.4606-08-2026
8Минэнерго предложит ограничить полеты беспилотников над объектами ТЭК0024-09-2019
9Китай дал указание авиакомпаниям оставить только один рейс в неделю в каждую страну0026-03-2020
10Кабмин утвердил механизм выбора поисковиков для установки на гаджеты0009-07-2021

Классификация: Пресс-релизы. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 7.97. Источник: oz.sputniknews-uz.com.