Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Talabalar, ustozlar, rektorlar va xususiy oliygohlar uchun imtiyozlar: nimalar o‘zgaradi

Дата публикации: 30-09-2026 11:03:00

O‘zbekistonda ish beruvchi buyurtmasi asosida oliygohga testsiz qabul qilish, talaba maoshining yarmini davlat hisobidan qoplash tizimi joriy etiladi.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260930/liygohlar-ozgarish-60852604.html

Talabalar, ustozlar, rektorlar va xususiy oliygohlar uchun imtiyozlar: nimalar o‘zgaradi

Talabalar, ustozlar, rektorlar va xususiy oliygohlar uchun imtiyozlar: nimalar o‘zgaradi

Sputnik O‘zbekiston

O‘zbekistonda "korxona – oliygoh – maqsadli kadr" tizimi joriy etiladi. Ish beruvchi buyurtma bergan nomzod testsiz qabul qilinishi, ishlayotgan talabaning maoshi yarmini davlat qoplashi va yaxshi talabalar grantga o‘tishi mumkin.

2026-09-30T16:03+0500

2026-09-30T16:03+0500

2026-09-30T16:03+0500

otm

oliy ta’lim muassasalari

shavkat mirziyoyev

ta’lim

jamiyat

talabalar

o‘qituvchilar

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/414/19/4141996_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_f120b641ef0d9b40f375968522d43769.jpg

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ish beruvchi o‘ziga kerak kadrni tayyorlash uchun oliygohga buyurtma berishi, nomzod esa testsiz, suhbat asosida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan yangi dual ta’lim tizimi joriy etiladi.Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim tizimida rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar, dual ta’limni kengaytirish va xorijiy universitetlar filiallarini jalb qilish bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qildi.Kelasi yildan "korxona – oliygoh – maqsadli kadr" tizimi 75 ta oliy ta’lim muassasasida, 2028-yildan esa barcha oliygohlarda amal qilishi rejalashtirilgan.Yangi tizimda ish beruvchi o‘ziga zarur nomzodni o‘qitish uchun oliygohga buyurtma beradi. Nomzod test imtihonisiz, suhbat asosida qabul qilinadi.Ishga qabul qilingan talabaga korxona to‘laydigan ish haqining yarmini davlat qoplaydi. O‘qish va ishda yuqori natija ko‘rsatgan talabalar ikkinchi kursdan davlat grantiga o‘tishi mumkin.Korxona tomonidan talabaga biriktirilgan ustozga oliygoh pedagoglari maoshiga teng miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi. Korxona oliygoh yoki talabaning yashash joyidan uzoqda bo‘lsa, ijara xarajati ham qoplanadi.Rektorlar oliygohlarda dual ta’lim bo‘limlarini tashkil etadi. Tizimni eng yaxshi yo‘lga qo‘ygan uchta oliygoh va ularning hamkor korxonalari 1 milliarddan 3 milliard so‘mgacha mukofotlanadi. Oliygoh olgan mablag‘ning yarmi ushbu yo‘nalishga hissa qo‘shgan pedagoglarni rag‘batlantirishga sarflanadi.Nufuzli universitetlar franshizasini olib kelgan xususiy oliygohlarga bir qator moliyaviy imtiyozlar beriladi. Jumladan:— laboratoriya va jihozlar hamda brend uchun to‘lovning 50 foizigacha qismi qoplanadi;— kampus qurish xarajatining 30 foizigacha kompensatsiya qilinadi;— sarmoya qaytishini ta’minlash uchun davlat granti o‘rinlari ajratiladi.Muhandislik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, sun’iy intellekt va tibbiyot kabi iqtisodiyot uchun muhim yo‘nalishlarga ustuvorlik beriladi.Oliygohlarni boshqarish tizimi ham o‘zgaradi. Davlat universitetlari kuzatuv kengashlari a’zolarining uchdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy oliygohlar vakillaridan iborat bo‘ladi.22 ta muhandislik oliygohi xorijlik hamkorlar bilan har yili 25-30 ta yangi o‘quv adabiyoti yaratadi yoki ilg‘or kitoblarni tarjima qilib, mahalliy sharoitga moslashtiradi. 11 ta tibbiyot oliygohi esa transplantologiya, robot xirurgiyasi, kam invaziv jarrohlik va biomuhandislik kabi yo‘nalishlar uchun zamonaviy adabiyotlar tayyorlaydi.Oliygohlarda xalqaro standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlari ham kengaytiriladi. Kelasi yil yana 20 ta oliygohda shunday yondashuvni joriy etish rejalashtirilgan.

https://oz.sputniknews.uz/20260825/uzbekistan-xorijiy-otm-59965555.html

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

1920

1080

true

1920

1440

true

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/414/19/4141996_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f6b6a329ece1dea36eec988cc36e85c6.jpg

1920

1920

true

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Sputnik O‘zbekiston

otm, oliy ta’lim muassasalari, shavkat mirziyoyev, ta’lim, jamiyat, talabalar, o‘qituvchilar

otm, oliy ta’lim muassasalari, shavkat mirziyoyev, ta’lim, jamiyat, talabalar, o‘qituvchilar

Obuna bo‘lish

O‘zbekistonda ish beruvchi buyurtmasi asosida oliygohga testsiz qabul qilish, talaba maoshining yarmini davlat hisobidan qoplash tizimi joriy etiladi.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ish beruvchi o‘ziga kerak kadrni tayyorlash uchun oliygohga buyurtma berishi, nomzod esa testsiz, suhbat asosida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan yangi dual ta’lim tizimi joriy etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim tizimida rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar, dual ta’limni kengaytirish va xorijiy universitetlar filiallarini jalb qilish bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qildi.

Kelasi yildan "korxona – oliygoh – maqsadli kadr" tizimi 75 ta oliy ta’lim muassasasida, 2028-yildan esa barcha oliygohlarda amal qilishi rejalashtirilgan.

Oliygoh va korxonalar hamkorligida dual ta’limni kengaytirish bo‘yicha tayyorgarlik avvaldan olib borilmoqda. Xususan, 2027/2028 o‘quv yilida 75 ta oliygoh va 3,5 mingta korxonani jalb qilish rejasi belgilangan.

Yangi tizimda ish beruvchi o‘ziga zarur nomzodni o‘qitish uchun oliygohga buyurtma beradi. Nomzod test imtihonisiz, suhbat asosida qabul qilinadi.

Ishga qabul qilingan talabaga korxona to‘laydigan ish haqining yarmini davlat qoplaydi. O‘qish va ishda yuqori natija ko‘rsatgan talabalar ikkinchi kursdan davlat grantiga o‘tishi mumkin.

Korxona tomonidan talabaga biriktirilgan ustozga oliygoh pedagoglari maoshiga teng miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi. Korxona oliygoh yoki talabaning yashash joyidan uzoqda bo‘lsa, ijara xarajati ham qoplanadi.

Rektorlar oliygohlarda dual ta’lim bo‘limlarini tashkil etadi. Tizimni eng yaxshi yo‘lga qo‘ygan uchta oliygoh va ularning hamkor korxonalari 1 milliarddan 3 milliard so‘mgacha mukofotlanadi. Oliygoh olgan mablag‘ning yarmi ushbu yo‘nalishga hissa qo‘shgan pedagoglarni rag‘batlantirishga sarflanadi.

Bugun O‘zbekistonda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Endi asosiy e’tibor dunyoning eng kuchli 300 ta universiteti filiallarini mamlakatga jalb qilishga qaratiladi.

Nufuzli universitetlar franshizasini olib kelgan xususiy oliygohlarga bir qator moliyaviy imtiyozlar beriladi. Jumladan:

— laboratoriya va jihozlar hamda brend uchun to‘lovning 50 foizigacha qismi qoplanadi;
— kampus qurish xarajatining 30 foizigacha kompensatsiya qilinadi;
— sarmoya qaytishini ta’minlash uchun davlat granti o‘rinlari ajratiladi.

Muhandislik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, sun’iy intellekt va tibbiyot kabi iqtisodiyot uchun muhim yo‘nalishlarga ustuvorlik beriladi.

Oliygohlarni boshqarish tizimi ham o‘zgaradi. Davlat universitetlari kuzatuv kengashlari a’zolarining uchdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy oliygohlar vakillaridan iborat bo‘ladi.

Kuzatuv kengashlari mutaxassislik va o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablari asosida qayta ko‘rib chiqadi. Bitiruv ishlari va dissertatsiyalar iqtisodiyot tarmoqlaridagi amaliy muammolar yechimiga yo‘naltiriladi.

22 ta muhandislik oliygohi xorijlik hamkorlar bilan har yili 25-30 ta yangi o‘quv adabiyoti yaratadi yoki ilg‘or kitoblarni tarjima qilib, mahalliy sharoitga moslashtiradi. 11 ta tibbiyot oliygohi esa transplantologiya, robot xirurgiyasi, kam invaziv jarrohlik va biomuhandislik kabi yo‘nalishlar uchun zamonaviy adabiyotlar tayyorlaydi.

Oliygohlarda xalqaro standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlari ham kengaytiriladi. Kelasi yil yana 20 ta oliygohda shunday yondashuvni joriy etish rejalashtirilgan.

Studenti v uchebnoy auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2026

25 Avgust, 19:03

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1O‘zbekistonda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi — tafsilotlar013.0604-10-2026
2Pedagoglarga ustama va imtiyozlar: maktab va bog‘chalarda nimalar o‘zgaradi05.9930-09-2026
350 foiz ustama, 200 mln so‘mgacha mukofot va imtiyozlar — texnikumlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar014.5930-09-2026
4Yerxov Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan migrantlar uchun markaz O‘zbekistonda tashkil etish haqida06.3102-10-2026
5O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlari hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi07.8301-10-2026
6O‘zbekiston g‘orlari yangi sayyohlik yo‘nalishlariga aylanadi016.2505-10-2026
7"Oltin Trezini" mukofotining Rossiyadan tashqaridagi ilk tadbiri Toshkentda o‘tdi06.5130-09-2026
8Педагогларнинг фарзандлари учун контракт тўловига чегирма жорий этилади012.4921-09-2026
9O‘zbekiston sanoatida qaysi tarmoq eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarmoqda015.0902-10-2026
10O‘zaro savdo o‘sdi, sanoat infratuzilmasi yaratilmoqda: Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi haqida02006-10-2026

Классификация: . Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 10. Источник: oz.sputniknews-uz.com.