Yangi vazirlik bog‘chadan oliy ta’limgacha bo‘lgan tizimni boshqaradi, sifat agentligi esa dastur va metodikalar uchun javob beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20261004/uzbekistan-talim-ilm-fan-vazirlik-60944032.html
O‘zbekistonda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi — tafsilotlar
O‘zbekistonda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi. Yangi tizimda vazirlik ta’lim muassasalarini boshqaradi, sifat agentligi dastur va metodikalarni ishlab chiqadi, oliygohlar mustaqilligi kengaytiriladi.
2026-10-04T09:14+0500
2026-10-04T09:14+0500
2026-10-05T09:14+0500
ta’lim
oliy ta’lim muassasalari
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
otm
o‘zbekiston
maktab
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
ta’lim va ilm-fan vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/02/60137502_404:0:3661:1832_1920x0_80_0_0_4429192d0132a4c1742004f246a3d453.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekistonda maktabgacha ta’limdan oliy ta’lim va ilm-fangacha bo‘lgan tizimni yagona boshqaruvga birlashtiruvchi Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.Yangi tizimda Ta’lim va ilm-fan vazirligi bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyati hamda ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, vazirlik ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, akkreditatsiya va litsenziyalash bilan shug‘ullanadi.Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi esa o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish va natijalarini kuzatish bilan shug‘ullanadi. Aniqlangan kamchiliklar asosida dastur va metodikalar takomillashtirib boriladi. Bu jarayon "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti" asosida yo‘lga qo‘yiladi.Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh ham tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi. Guruh tarkibiga tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar va xalqaro ekspertlar jalb etiladi.Ishchi guruh yangi vazirlik tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi va islohotning umumiy strategiyasi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.Farmon va qarorlar bilan bir qator tayinlovlar ham amalga oshirildi. Ilhom Siradjev ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari, Obid Hakimov Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda "Yangi O‘zbekiston" universiteti rektori, Kamoliddin Mardonov esa prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260930/liygohlar-ozgarish-60852604.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
1920
1080
true
1920
1440
true
1920
1920
true
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
Sputnik O‘zbekiston
ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, otm, o‘zbekiston, maktab, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, ta’lim va ilm-fan vazirligi
ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, otm, o‘zbekiston, maktab, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, ta’lim va ilm-fan vazirligi
09:14 04.10.2026 (yangilandi: 09:14 05.10.2026)
Obuna bo‘lish
Yangi vazirlik bog‘chadan oliy ta’limgacha bo‘lgan tizimni boshqaradi, sifat agentligi esa dastur va metodikalar uchun javob beradi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekistonda maktabgacha ta’limdan oliy ta’lim va ilm-fangacha bo‘lgan tizimni yagona boshqaruvga birlashtiruvchi Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Islohotdan asosiy maqsad ta’lim, tarbiya va ilm-fanni yaxlit tizim asosida boshqarish, ta’limning barcha bosqichlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, sifat va samaradorlikni oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirishdan iborat.
Yangi tizimda Ta’lim va ilm-fan vazirligi bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyati hamda ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, vazirlik ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, akkreditatsiya va litsenziyalash bilan shug‘ullanadi.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi esa o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish va natijalarini kuzatish bilan shug‘ullanadi. Aniqlangan kamchiliklar asosida dastur va metodikalar takomillashtirib boriladi. Bu jarayon "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti" asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh ham tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi. Guruh tarkibiga tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar va xalqaro ekspertlar jalb etiladi.
Ishchi guruh yangi vazirlik tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi va islohotning umumiy strategiyasi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
Oliy ta’limda esa davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun kengroq imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan. Qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini erkin raqobat va bozor talabi belgilashi kerakligi qayd etildi.
Farmon va qarorlar bilan bir qator tayinlovlar ham amalga oshirildi. Ilhom Siradjev ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari, Obid Hakimov Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda "Yangi O‘zbekiston" universiteti rektori, Kamoliddin Mardonov esa prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
| # | Наименование новости | Тональность | Информативность | Дата публикации |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Talabalar, ustozlar, rektorlar va xususiy oliygohlar uchun imtiyozlar: nimalar o‘zgaradi | 0 | 10 | 30-09-2026 |
| 2 | Pedagoglarga ustama va imtiyozlar: maktab va bog‘chalarda nimalar o‘zgaradi | 0 | 5.99 | 30-09-2026 |
| 3 | Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг вазифалари белгиланди | 0 | 6.58 | 22-09-2026 |
| 4 | O‘zbekistonda ob-havo keskin soviy boshlashi kutilmoqda | 0 | 31.43 | 02-10-2026 |
| 5 | O‘zaro savdo o‘sdi, sanoat infratuzilmasi yaratilmoqda: Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi haqida | 0 | 20 | 06-10-2026 |
| 6 | 50 foiz ustama, 200 mln so‘mgacha mukofot va imtiyozlar — texnikumlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar | 0 | 14.59 | 30-09-2026 |
| 7 | O‘zbekiston g‘orlari yangi sayyohlik yo‘nalishlariga aylanadi | 0 | 16.25 | 05-10-2026 |
| 8 | Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentda kutib olindi | 0 | 9.07 | 05-10-2026 |
| 9 | Mirziyoyev Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi | 0 | 14.55 | 05-10-2026 |
| 10 | O‘zbekistonda o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish uchun yangi magistral gaz quvurlari quriladi | 0 | 7.79 | 06-10-2026 |